locale OZ

Dembele birinchi, Yamal ikkinchi, Rafinya beshlikda yoʻq — The Guardian 2025 yilning eng yaxshi futbolchilari reytingini eʼlon qildi

Roʻyxat ovoz berish yoʻli bilan tuzildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dembele birinchi, Yamal ikkinchi, Rafinya beshlikda yoʻq — The Guardian 2025 yilning eng yaxshi futbolchilari reytingini eʼlon qildi
FOTO: Getty Images

Britaniyaning The Guardian gazetasi 2025 yilning eng yaxshi 100 nafar futbolchisi reytingini tuzdi.

Reyting sobiq futbolchilar, murabbiylar va jurnalistlardan iborat hay’at ovozlari asosida shakllantirildi. Ro‘yxatga Fransiya terma jamoasi va «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele yetakchilik qildi. Ta’kidlash joiz, «Barselona» vingeri Rafinya kuchli beshlikka kira olmadi.

The Guardian versiyasiga ko‘ra 2025 yilning TOP-10 futbolchilari:

1. Usmon Dembele («PSJ»)

2. Lamin Yamal («Barselona»)

3. Vitinya («PSJ»)

4. Kilijan Mbappe («Real»)

5. Garri Keyn («Bavariya»)

6. Erling Holand («Manchester Siti»)

7. Ashraf Hakimi («PSJ»)

8. Rafinya («Barselona»)

9. Mohamed Salah («Liverpul»)

10. Pedri («Barselona”)

O‘tgan mavsumda Rafinya «ko‘k-anorranglilar» safida barcha musobaqalarda 57 ta o‘yinda 34 ta gol va 26 ta golli uzatma amalga oshirdi. U Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari (13 gol) va eng yaxshi assistenti (8 pas) bo‘ldi. «Barselona» bilan birga Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting