locale OZ

Dembele 1954-yildan buyon kuzatilmagan natijani qayd etdi

Fransiyalik futbolchi Norvegiyaga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dembele 1954-yildan buyon kuzatilmagan natijani qayd etdi
FOTO: Getty Images

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida Norvegiyaga qarshi bahsda tarixiy natijaga erishdi.

Dembele uchrashuvning dastlabki bo‘limidayoq atigi 25 daqiqa ichida xet-trik rasmiylashtirdi. Natijada u 1954-yildan buyon Jahon chempionatlarida qayd etilgan eng tezkor xet-triklardan biriga mualliflik qildi.

Shuningdek, u Jahon chempionatlari tarixida Fransiya terma jamoasi safida xet-trik qayd etgan uchinchi futbolchiga aylandi. Unga qadar bu natijaga faqat Just Fonten va Kilian Mbappe erishgan edi.

Fransiya ushbu uchrashuvda Norvegiyani 4:1 hisobida mag‘lub etib, guruh bosqichini 9 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting