Dele Alli «Como» bilan shartnomasini bekor qildi
ФОТО: Getty images
"Como" va Dele Alli o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, klub va futbolchi shartnomani bekor qilish bo‘yicha ancha avval kelishib olishgan edi.
Ma’lumot uchun, Alli 2025-yil yanvar oyida "Como"ga kelib qo‘shilgandi. Bu vaqt davomida u atigi bir o‘yinda maydonga tushdi. Yangi mavsumda esa u klub ro‘yxatiga umuman kiritilmadi.
Shu tariqa, 29 yoshli yarim himoyachi erkin agentga aylandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist