Delap yozda «Chelsi»ni tark etishi mumkin
«Chelsi» hujumchisi Liam Delap yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. talkSPORT nashrining xabar berishicha, uni «Fulhem» o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, ehtimoliy transfer Marku Silva ketganidan so‘ng klubning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishiga bog‘liq.
«Fulhem» 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra 52 ochko bilan APL turnir jadvalining 11-pog‘onasida joylashdi. «Chelsi» ham 52 ochko bilan mavsumni 10-o‘rinda yakunladi.
«Chelsi» 23 yoshli Delapni o‘tgan yilning iyun oyida «Ipsvich»dan 35 million yevroga sotib olgandi. O‘shandan beri u 41 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning klub bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali esa uning bozor qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.