locale OZ

Delap «Chelsi»ni tark etishi mumkin

Unga ikki jamoa qiziqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Delap «Chelsi»ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Chelsi” hujumchisi Liam Delap yozda boshqa bir jamoa tarkibiga borib qo‘shilishi mumkin. Bu haqda TalkSPORT xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, londonliklar hujumchi bo‘yicha takliflarni eshitishga tayyor.

Delapning transferini APLning yana bir klubi — “Nyukasl” ko‘rib chiqmoqda.

Shuningdek, “Everton” ham unga qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Liam Delap ushbu mavsum “Chelsi” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi. U mazkur uchrashuvlarda 2 ta gol urdi va 4 ta gol uzatmasini amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting