locale OZ

Del Pyero: «Agar Jahon chempionati bo‘lmaganida, Kvarasxeliya aniq “Oltin to‘p”ni olardi»

Avvalroq «PSJ» YChL finalida «Arsenal»ni magʻlub etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Del Pyero: «Agar Jahon chempionati bo‘lmaganida, Kvarasxeliya aniq “Oltin to‘p”ni olardi»
FOTO: Getty Images

Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alessandro Del Pyero «PSJ» vingeri Xvicha Kvarasxeliyani Yevropa Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumidagi daxshatli o‘yinlaridan so‘ng «Oltin to‘p»ga asosiy da’vogar deb hisoblamoqda. Eslatib o‘tamiz, parijliklar finalda «Arsenal»ni penaltilar seriyasida taslim etib (1:1, 4:3), turnir g‘olibiga aylanishgandi.

«Agar oldinda Jahon chempionati bo‘lmaganida, Kvarasxeliya Chempionlar Ligasidagi o‘yinlari evaziga shubhasiz “Oltin to‘p” sohibiga aylangan bo‘lardi. Gollar, assistlar va maydondagi harakati bilan o‘yin taqdiriga hech kim uchalik ta’sir o‘tkaza olmadi», — dedi Del Pyero.

Yakunlangan YChL mavsumida Kvarasxeliya «PSJ» safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting