locale OZ

Deku De Yong bilan shartnoma imzolashdan umidvor

Klub niderlandiyalik futbolchini jamoada qolishini xohlamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Deku De Yong bilan shartnoma imzolashdan umidvor
ФОТО: Getty images

"Barselona" sport direktori Deku yarim himoyachi Frenki de Yong bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda. Bu haqda Marca xabar tarqatmoqda.

"Biz Frenki bilan muzokaralar olib boryapmiz. Ishonchim komilki, biz kelishuvga erishamiz. De Yong biz uchun muhim o'yinchi. Menimcha, u "Barselona"da baxtli va biz ham undan mamnunmiz. Shunday ekan, hech qanday muammo bo'lmaydi, deb o'ylayman", — dedi Deku.

Ma'lumot uchun, 28 yoshli niderlandiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Futbolchi bu mavsumda barcha turnirlarda 3 ta o'yinda maydonga tushdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting