Deku: «Asosiy vazifa – muhim futbolchilarni saqlab qolish edi»
Klub sport direktori jamoaning yozgi rejasi amalga oshganini aytdi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" sport direktori Deku klubning so‘nggi oylardagi faoliyati haqida gapirdi.
O‘tgan yozda "ko‘k-anorranglilar" safini Joan Garsiya, Markus Reshford va Runi Bardji to‘ldirgan bo‘lsa, jamoani o‘tgan mavsumdagi yetakchilaridan biri Inyigo Martines tark etdi.
"Asosiy vazifamiz tarkibni, barcha muhim futbolchilarni saqlab qolish edi. Chunki g‘oya o‘zakni saqlab qolish va kuchliroq bo‘lishga harakat qilish muhim vazifa sifatida belgilagandik. Biz Yamal, Rafinya va Kunde bilan shartnomalarni uzaytira oldik," - deya Dekuning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist