locale OZ

Deko Alonsoning boʻshatilishi haqida: «Bu meni biroz hayratga soldi»

«Barselona» sport direktori ispaniyalik mutaxassisning «Real»dan ketishiga munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Deko Alonsoning boʻshatilishi haqida: «Bu meni biroz hayratga soldi»
FOTO: Getty Images

«Barselona» sport direktori Deko Xabi Alonso «Real» bosh murabbiyligi lavozimidan bo‘shatilganiga izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, bu holat Madrid klubi Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng sodir bo‘ldi.

«Bu meni biroz hayratga soldi, chunki u juda qisqa vaqt ishladi», — deya Dekoning so‘zlarini keltiradi Marca.

Ispaniyalik mutaxassis jamoani 2025 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. «Real»ning yangi bosh murabbiyi etib madridliklarning sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa tayinlandi. Ispaniya chempionatida «Real» 19 o‘yindan so‘ng 45 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Chempionlar ligasida esa madridliklar 12 ochko bilan umumiy jadvalda yettinchi pog‘onada bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting