locale OZ

Deklan Rays Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Musobaqaning hal qiluvchi oʻyini 30 may kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Deklan Rays Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» klubi yarimhimoyachisi Deklan Rays Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati xabar bermoqda.

Angliyalik futbolchi Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechgan yarim final javob bahsida to‘liq harakat qildi. Mazkur o‘yinda «kanonirlar» 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Rays ushbu bahsda samarali harakatlar (gol yoki assist) bilan ajralib turmagan bo‘lsa-da, maydonda katta hajmdagi ishni bajardi.

O‘tkazilgan so‘rovnomada «Arsenal» a’zosi PSJ himoyachisi Vilyam Pachoni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Ekvadorlik futbolchi «Bavariya»ga qarshi kechgan yarim final uchrashuvida (1:1) to‘liq o‘ynagan va natijaga bevosita ta’sir qiluvchi harakatlarni amalga oshirmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi turnirning final uchrashuvi Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning hal qiluvchi bahsi 2026 yil 30 mayga belgilangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting