locale OZ

Deklan Rays Angliya terma jamoasining Ganaga qarshi o‘yinida safga qaytishga tayyor

Ushbu bahs 23-iyun kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Deklan Rays Angliya terma jamoasining Ganaga qarshi o‘yinida safga qaytishga tayyor
FOTO: Getty Images

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays JCh-2026 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Ganaga qarshi bahsda jamoasining asosiy tarkibiga qaytishga tayyor. Bu haqda BBC Sport nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Rays Xorvatiyaga qarshi kechgan g‘alabali o‘yinda (4:2) bel qismidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan edi. Shifokorlar ko‘rigidan so‘ng, futbolchi 23-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya terma jamoasining ikkinchi uchrashuvida maydonga tushishga tayyorligi aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘sha o‘yindan so‘ng «uch sherlar» bosh murabbiyi Tomas Tuxel yarimhimoyachining holatidan xavotirda ekanini bildirgan edi: «Tavakkal qilishni istamadim, umid qilamanki, jiddiy hech narsa yo‘q. Biz bu masalaga jiddiy yondashamiz».

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi unvon sohibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting