De Zerbi: «Yozda juda ko‘p o‘yinchilarni almashtirishga hojat yo‘q»
“Tottenhem” bosh murabbiyi Roberto De Zerbi jamoa Angliya Premer-ligasidagi o‘rnini saqlab qolganidan so‘ng kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bugun kechqurundan boshlab biz yangi jamoani shakllantirish va tashkil etishni boshlashimiz kerak. Menimcha, juda ko‘p futbolchilarni almashtirishga hojat yo‘q. Qo‘limizda qolishi mumkin bo‘lgan 10-12 nafar yetarlicha yaxshi futbolchilar bor — ham o‘yinchi, ham inson sifatida.
Endi esa tarkibni yuqori darajadagi futbolchilar bilan to‘ldirishimiz kerak, chunki biz juda ko‘p azob chekkanmiz. Men ham ko‘p qiynaldim, ammo muxlislar, klub, direktorlar kengashi va o‘yinchilar — barchasi ortiqcha darajada azob chekdi.
Biz Premer-ligada qolish uchun oxirgi o‘yinning so‘nggi soniyasiga qadar bunday qiynalishga haqli emasmiz. Men yanada kuchliroq bo‘laman. Qarorlarni yakka o‘zim qabul qilishni istamayman, chunki futbol — bu jamoaviy ish: sport direktori, skautlar, bosh direktor — hammaning o‘rni bor. Premer-ligada qolish vazifasi bajarildi. Endi esa maqsadim — orzudagi, tasavvurimdagi jamoa bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlash», — dedi De Zerbi klubning rasmiy saytiga bergan intervyusida.