locale OZ

De Zerbi «Tottenhem» bilan kelishuvga erishdi — manba

Tomonlar oʻrtasida besh yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Zerbi «Tottenhem» bilan kelishuvga erishdi — manba
FOTO: Getty Images

Italiyalik mutaxassis Roberto De Zerbi Londonning «Tottenhem» klubi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, mutaxassis bilan besh yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Italiyalik murabbiy avvalroq Angliya Premyer-ligasida «Brayton» jamoasini boshqargan tajribaga ega. De Zerbining so‘nggi ish joyi Fransiyaning «Marsel» klubi bo‘lib, u jamoani 2026 yilning fevral oyida tark etgan edi. Shuningdek, u o‘z faoliyati davomida «Shaxtyor», «Sassuolo», «Benevento» va «Palermo» kabi jamoalarda ham ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni «Tottenhem» joriy yilning 14 fevralida tayinlangan murabbiy Igor Tudorni iste’foga chiqargan edi. Tudor 2025/2026 yilgi mavsum davomida jamoani boshqargan uchinchi mutaxassisga aylandi. Avvalroq klub daniyalik Tomas Frank va avstraliyalik Angelos Postekoglu bilan ham xayrlashgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting