locale OZ

De Zerbi Solanke va Simonsning jismoniy holati haqida gapirdi

Ikkala futbolchi ham «Vulverxempton»ga qarshi oʻyinda jarohat olishgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Zerbi Solanke va Simonsning jismoniy holati haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi Angliya Premyer-ligasining 34-turidan o‘rin olgan «Vulverxempton»ga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olgan hujumchi Dominik Solanke va yarimhimoyachi Xavi Simonsning holati haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Solankeda mushak jarohati bor. Uning qanchalik jiddiy ekanini bilmayman. Xavida esa tizzasi bilan bog‘liq muammo bor, biz yaqin kunlarda — dushanba yoki seshanba kuni batafsilroq ma’lumotga ega bo‘lamiz.

Solankening jarohati unchalik jiddiy emas, u nechta o‘yinni o‘tkazib yuborishini hozircha bilmayman. Shuningdek, Xavining haqiqiy holatini bilishni istardim, chunki tizza jarohati har doim mushak jarohatidan farq qiladi. Xavi og‘riq sezayotgan edi, biroq hozirgina u bilan ikki daqiqa gaplashdim, u o‘zini jarohat olgan vaziyatdagidan ko‘ra yaxshiroq his qilmoqda», — dedi De Zerbi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting