locale OZ

De Zerbi «Marsel»ni tark etsa, A Seriya klubini boshqarishi mumkin

Hozirda murabbiyning Fransiya klubidagi kelajagi soʻroq ostida qolmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Zerbi «Marsel»ni tark etsa, A Seriya klubini boshqarishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Marsel» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi kutilmoqda. «Fiorentina» rahbariyati iste’dodli mutaxassisni jamoa boshqaruvini topshirish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar berdi.

Hozirda murabbiyning «Marsel»dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda va florensiyaliklar yuzaga kelgan ushbu vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, klubning yangi sport direktori De Zerbini A Seriyaga qaytishga ko‘ndirish uchun bor kuchini safarbar etgan.

So‘nggi kunlarda tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, «Marsel» Chempionlar Ligasidan chiqib ketganidan so‘ng, De Zerbi iste’fo berish haqida ariza yozgan. Garchi klub rahbariyati hozircha bu qarorni qabul qilmagan bo‘lsa-da, jamoa ichidagi muhit ancha tarangligicha qolmoqda. Katta ehtimol bilan murabbiy mavsum yakunida Fransiyani tark etadi.

Italiya klubi allaqachon kelasi mavsum uchun rejalar tuzishni boshlagan va De Zerbini «binafsharanglilar» loyihasi uchun ideal nomzod deb hisoblamoqda. Biroq bu transfer amalga oshishi uchun hozirgi murabbiy Paolo Vanoli jamoani elitada olib qolishi shart. Eslatib o‘tamiz, A Seriyaning 23-turidan so‘ng «Fiorentina» 17 ochko bilan turnir jadvalining 18-pog‘onasida, ya’ni xavfli hududda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting