De Zerbi: «Ba'zida futbolda murabbiy bo'lmagan yaxshiroq bo'ladi»
«Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi «Oklend»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Raqib jamoa hozircha bosh murabbiyisiz qolmoqda. Ularning o'yin uslubini bilmasangiz, bahsga qanday tayyorgarlik ko'rasiz?
— Ba'zida, bilasizmi, futbolda umuman murabbiy bo'lmagan yaxshiroq bo'ladi! «Oklend» futbolchilaridan so'rash kerak, ularning murabbiyi bormi yoki yo'qmi. Lekin men ular o'tgan mavsum chempion bo'lganini yaxshi bilaman. Albatta, ular o'z mahoratini namoyish etishni xohlashadi.
Bu yaxshi o'yin bo'ladi. Biz qo'limizdagi eng kuchli tarkib bilan maydonga tushamiz. Jamoamizda yosh futbolchilar ko'p, chunki ayrim o'yinchilarimiz Jahon chempionatining hal qiluvchi bosqichlarigacha yetib borgan va biz ularni ehtimoliy jarohatlar xavfi tufayli tavakkal qildirmaymiz. Shunga qaramay, bu biz uchun juda jiddiy bahs bo'ladi, — dedi De Zerbi «Tottenhem» rasmiy saytiga bergan intervyusida.