locale OZ

De Yong soʻnggi oʻn yillikning eng yaxshi koʻrsatkichlaridan birini qayd etdi

«Barselona» yarimhimoyachisi «Levante»ga qarshi oʻyinda 117 ta uzatma berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Yong soʻnggi oʻn yillikning eng yaxshi koʻrsatkichlaridan birini qayd etdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasida so‘nggi 10 mavsum davomida faqat ikki nafar yarimhimoyachi bir o‘yinda 115 tadan ortiq uzatma amalga oshirib, 97% va undan yuqori aniqlikka erisha olgan.

Squawka portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ro‘yxatdagi birinchi ko‘rsatkich «Real Madrid» sobiq futbolchisi Toni Kroosga tegishli. Germaniyalik futbolchi 2018 yilda «Xetafe»ga qarshi bahsda 119 ta uzatmani amalga oshirib, ularning 117 tasini (98% aniqlik) manzilga aniq yetkazgan edi.

Kecha, 2026 yilning 22 fevral kuni «Barselona»ning «Levante»ga qarshi kechgan uchrashuvida (3:0) Frenki de Yong ushbu natijani takrorladi. Niderlandiyalik yarim himoyachi o‘yin davomida 117 ta uzatma ijro etdi va ularning 114 tasi aniq chiqdi (97% aniqlik).

Bundan tashqari, Frenki nafaqat to‘pni nazorat qildi, balki hujumlarni tashkil etishda ham yetakchi bo‘ldi. U maydondagi barcha futbolchilar ichida eng ko‘p — 4 ta golli vaziyat yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting