locale OZ

De Yong og‘ir jarohat oldi, to‘rt oyga safdan chiqishi mumkin

Hozircha uning aniq tashxisi qo‘yilmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Yong og‘ir jarohat oldi, to‘rt oyga safdan chiqishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Barselona» va Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong milliy jamoa yig‘inida tizzasidan jarohat oldi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi jarohat bilan Kataloniya klubi ixtiyoriga qaytgan. Hozircha uning aniq tashxisi qo‘yilmagan. Yaqin kunlarda de Yong qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan o‘tadi. «Barselona» rahbariyati esa futbolchining holatidan jiddiy xavotirda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, niderlandiyalik yarim himoyachi to‘rt oygacha maydondan chetda qolishi mumkin. Agar bu taxmin tasdiqlansa, de Yong joriy mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborishi ehtimoldan xoli emas.

Eslatib o‘tamiz, u o‘tgan mavsumda ham son mushaklari jarohati tufayli fevral oyi oxiridan aprel boshigacha qariyb ikki oy maydonga tushmagan edi. Bundan tashqari, de Yong avval ikki marta to‘pig‘idan jarohat olib, jami olti oy va 31 ta uchrashuvni o‘tkazib yuborgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting