De Yong: «Biz bor kuchimizni ishga soldik»
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalida «Atletiko»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (2:0, 1:2) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik va borimizni berdik. Menda omad biz tomonda bo‘lmadi degan hissiyot bor. Biz o‘syapmiz, har qanday sovrinlar uchun kurasha oladigan yosh va iqtidorli jamoamiz bor. Shu ruhda davom etamiz. Chorak finalda musobaqani tark etish har doim yomon. Biz g‘alaba qozonishni istaymiz. Bu yomon o‘ynayotganimizni yoki noto‘g‘ri yo‘lda ekanligimizni anglatmaydi. Chempionlar Ligasida hamma narsa mayda detallarga bog‘liq va biroz omad ham xalaqit bermagan bo‘lardi. Agar shu tarzda o‘ynashda davom etsak, ertami-kechmi omad bizga ham kulib boqadi», — dedi Frenki de Yong.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Atletiko» «Barselona»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Yarimfinalda Diyego Simeone shogirdlari «Arsenal» va «Sporting» qarama-qarshiligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. «Barselona» esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.