De Xea Mourinyo bilan birga ishlashi mumkin
Photo: Getty Images
“Fiorentina” darvozaboni David De Xea faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 34 yoshli posbonni Istanbulning “Fenerbahche” klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. De Xea Turkiya grandiga erkin agent sifatida o'tishi mumkin, chunki uning florentsiyaliklar bilan shartnomasi 2025 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi.
Futbolchining Transfermarkt portalidagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda. David bu mavsum A Seriyada “Fiorentina” safida 33 o'yinda ishtirok etib, 34 gol o'tkazdi va 11 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist