locale OZ

De Xea: «Kerrik «MYU»da yuqori darajada ishlamoqda»

«Fiorentina» darvozaboni sobiq jamoasi bosh murabbiyi faoliyatiga baho berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Xea: «Kerrik «MYU»da yuqori darajada ishlamoqda»
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq darvozaboni, hozirda «Fiorentina» sharafini himoya qilayotgan David de Xea mankunianliklar bosh murabbiyi Maykl Kerrikning faoliyatiga baho berdi.

«Kerrik shunchaki aql bovar qilmaydigan darajada ishlamoqda. U ajoyib inson, futbolchilarni juda yaxshi tushunadi, u bilan muloqot qilish oson. Hozirda «Yunayted» ko‘plab o‘yinlarda g‘alaba qozonyapti va yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Umid qilamanki, ular Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olishadi va rivojlanishda davom etishadi. Jamoani yana yuqori pog‘onalarda va sovrinlar uchun kurashda ko‘rishni istardim», — dedi de Xea TNT Sports nashriga bergan intervyusida.

Ayni damda «Manchester Yunayted» 55 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa o‘zining navbatdagi uchrashuvini 13 aprel kuni «Lids Yunayted»ga qarshi o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting