locale OZ

De Xea: «Bunday bo‘lsa, APLda nechta chempionlikni qo‘lga kiritganman?»

Ispaniyalik darvozabon 2011-yildan 2023-yilgacha «Manchester Yunayted» safida to‘p tepgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Xea: «Bunday bo‘lsa, APLda nechta chempionlikni qo‘lga kiritganman?»
ФОТО: Getty images

«Manchester Yunayted»ning sobiq darvozaboni David de Xea «Manchester Siti»ga nisbatan ehtimoliy jazo choralari haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Shaharliklar» moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha qo‘yilgan 115 ta ayblovning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgan. Klubga nisbatan o‘tgan mavsumlarda to‘plangan ochkolarni bekor qilish, katta miqdorda jarima solish va hatto Premer-ligadan chetlatish kabi jazo choralari qo‘llanishi mumkinligi aytilmoqda.

Ayni paytda «Fiorentina» sharafini himoya qilayotgan de Xea ijtimoiy tarmoqda hazilomuz savol bilan murojaat qildi:

«Xo‘sh... Keling, gaplashamiz. U holda men APLda nechta chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘laman?»

Ispaniyalik darvozabon 2011-yildan 2023-yilgacha «Manchester Yunayted» safida to‘p tepgan. Uning jamoasi bu davrda APLda bir marta chempion bo‘lgan, yana uch marta ikkinchi o‘rinni egallagan. Qizig‘i shundaki, ushbu uch holatning barchasida «qizil iblislar» «Manchester Siti»dan keyingi pog‘onada qolgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting