De Rossi «Genoa» ustozi bo‘lishi mumkin
Klub Vieira’ni iste’foga chiqargandi.
ФОТО: Getty images
“Roma” afsonasi Daniele De Rossi “Genoa” bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida tilga olinmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.
Fransiyalik mutaxassis Patrick Vieira 1-noyabr kuni o‘z lavozimidan ozod etilgandi.
Hozirda A Seriya jadvalida 9-turdan so‘ng atigi 3 ochko bilan oxirgi o‘rinda borayotgan “Genoa” “Sassuolo”ga qarshi bahsdan so‘ng doimiy bosh murabbiy izlashni boshlaydi.
Jamoa bosh murabbiyligi uchun Raffaele Palladino, Paolo Vanoli, Luca Gotti va Daniele De Rossi nomzod sifatida ko‘rilmoqda. De Rossi 2024/25 mavsumida “Roma”ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist