De Ligt: Hozirgi futbolda to‘rt himoyachi bilan o‘ynasangiz ham deyarli barcha jamoalar hujumni uchlik markaziy himoyachilar bilan boshlaydi
Manchester Yunayted himoyachisi De Ligt qizil iblislar bosh murabbiyi Ruben Amorim tizimi haqida fikr bildirdi.
photo: gettyimages
Manchester Yunayted himoyachisi De Ligt qizil iblislar bosh murabbiyi Ruben Amorim tizimi haqida fikr bildirdi.
«Hozirgi futbolda, to‘rt himoyachi bilan o‘ynasangiz ham, deyarli barcha jamoalar hujumni uchlik markaziy himoyachilar bilan boshlaydi. Va biz ham ko‘pincha to‘rtlikda himoya qilamiz.
«Shu sxema, bu sxema» deb oson gapirish mumkin. Lekin oxirida hamma narsa o‘yin davomidagi moslashuvga bog‘liq.
Bir xil sxema butun o‘yin davomida o‘zgarmasligi mumkin emas. Biz o‘z tuzilmamiz doirasida moslashuvchan bo‘lish yo‘lini topishimiz kerak, shunda hamma narsa kerakli tarzda ishlaydi»,-dedi futbolchi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor