De le Fuente: «Ajoyib birinchi bo‘lim va yaxshi ikkinchi taymni o‘tkazdik»
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Saudiya Arabistoni (4:0) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz ajoyib birinchi bo‘limni va yaxshi ikkinchi bo‘limni o‘tkazdik. Avvalo, bu bizga erishgan sur’atimizni saqlab qolishga va oldindagi muhim o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishga imkon beradi. Urugvay bilan o‘yin murakkab va juda qiyin bo‘ladi.
Buni futbolchilar bilan muhokama qildik va hamma tez-tez vertikal va intensiv o‘ynashimiz kerakligiga rozi bo‘ldi. Bu bizning zarbalarimizdan ham ko‘rinib turdi — birinchi daqiqadanoq raqibni «bo‘g‘dik» va uni jarima maydonchasiga qamab qo‘ydik. Bunday yondashuvdan juda mamnunmiz, lekin biz o‘sishda va takomillashishda davom etishimiz kerak», — deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
2-turdan so‘ng Ispaniya terma jamoasi to‘rt ochko jamg‘arib, H guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Saudiya Arabistoni bir ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.