locale OZ

De la Fuente: «Yamalning 15-iyunga qadar tayyor boʻlishiga ishonamiz, lekin uning maydonga tushishi aniq emas»

Ispanlar Kabo-Verde jamoasi bilan oʻynaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De la Fuente: «Yamalning 15-iyunga qadar tayyor boʻlishiga ishonamiz, lekin uning maydonga tushishi aniq emas»
ФОТО: Getty images

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente vinger Lamin Yamalning jahon chempionatidagi birinchi oʻyinga tayyor boʻlishini istisno etmadi.

Avvalroq "Barselona" futbolchisi 22-aprel kuni La Liga doirasida "Selta"ga qarshi oʻyinda (1:0) penalti tepayotganda olgan jarohati sababli JCH-2026 startini oʻtkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

"Ertaga [Iroqqa qarshi] na Lamin, na Niko [Uilyams], na Viktor [Munos] oʻynaydi. Lamin 15-sanaga qadar tayyor boʻlishiga ishonchimiz komil. Agar shu tarzda davom etsa, u tayyor boʻlishi mumkin, ammo bu Yamalning oʻynashiga kafolat bermaydi. Vaziyatni kuzatib boramiz", – deya de la Fuentening soʻzlarini keltiradi Mundo Deportivo.

15-iyun kuni Ispaniya terma jamoasining jahon chempionati — 2026 dagi birinchi oʻyini boʻlib oʻtadi. Ispanlar Kabo-Verde jamoasi bilan oʻynaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting