De la Fuente mintaqadagi vaziyat sabab Finalissima oʻtkaziladigan joyni boshqa davlatga koʻchirishni taklif qilmoqda
Avvalroq Qatar futbol assotsiatsiyasi barcha turnirlar nomaʼlum muddatga qoldirilganini e'lon qilgandi.
FOTO: Getty Images
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Yaqin Sharqdagi hozirgi vaziyat tufayli 2026 yilgi Finalissima o‘tkaziladigan joyni Qatardan boshqa davlatga ko‘chirish kerak deb hisoblaydi.
«Muzokaralar olib borilayotganidan xabardormiz. Jamiyat uchun asosiy vazifa — mojaroni to‘xtatish, ammo agar biz uning ichida bo‘lsak va bu qancha davom etishini bilmasak, ushbu davr mobaynida Qatarda o‘ynay olmaymiz. Agar iloji bo‘lsa, uchrashuv o‘tkaziladigan joyni ko‘chirish eng maqbul qaror bo‘lar edi», — deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Avvalroq Qatar futbol assotsiatsiyasi (QFA) matbuot xizmati barcha futbol turnirlari noma’lum muddatga qoldirilganini e’lon qilgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist