locale OZ

De la Fuente: «Men har doim aytib kelganman — futbolchilarning sogʻligʻi meni eng koʻp tashvishga soladi»

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Rodri va Karvaxalning jarohatlari haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De la Fuente: «Men har doim aytib kelganman — futbolchilarning sogʻligʻi meni eng koʻp tashvishga soladi»
FOTO: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Madridning «Real» klubi himoyachisi Dani Karvaxal va «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri olgan jarohatlar haqida fikr bildirdi.

«Men har doim aytib kelganman — futbolchilarning sog‘lig‘i meni eng ko‘p tashvishga soladi. Ayniqsa mart, aprel va may oylarida tiklanish uchun vaqt kam bo‘ladi, shunda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Hozircha esa vaqt yetarli. Rodri ham, Dani ham jiddiy jarohat olgan, bunday jarohatlar tiklanish jarayonini murakkablashtiradi. Biroq hali imkoniyat bor, va men ishonamanki, ular terma jamoaga qaytish uchun yetarli holatga kelishadi», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika hududida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa doirasida Ispaniya milliy jamoasi Kabо-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting