locale OZ

De la Fuente Ispaniya milliy jamoasi yigʻiniga Yamal o‘rniga «Real» tarbiyalanuvchisini chaqirdi

«Qizil furiya» noyabr oyida ikkita oʻyin oʻtkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De la Fuente Ispaniya milliy jamoasi yigʻiniga Yamal o‘rniga «Real» tarbiyalanuvchisini chaqirdi
FOTO: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCh-2026 saralash oʻyinlari uchun tarkibdagi oʻzgarishni e‘lon qildi. «Barselona» vingeri Lamin Yamal jarohati sabab chetlatildi, uning oʻrnini «Rayo Valekano» hujumchisi Xorxe de Frutos egalladi.

11 noyabr kuni Ispaniya futbol federatsiyasi Yamalni rasmiy ravishda terma jamoa roʻyxatidan chiqarib tashlaganini maʼlum qildi. Sababi — futbolchi son sohasi ogʻriqlarini davolash maqsadida radiochastotali muolajani terma jamoani xabardor qilmasdan oʻtkazgan.

28 yoshli De Frutos uchun bu — Ispaniya milliy jamoasiga ilk chaqiruv boʻladi. «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan futbolchi joriy mavsumda «Rayo Valekano» safida barcha turnirlarda 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Maʼlumot uchun, Ispaniya milliy jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida 15 noyabr kuni Gruziya, 18 noyabr kuni esa Turkiyaga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting