De La Fuente: «Har doim ham 5:0 yoki 6:0 hisobida g‘alaba qozonish qiyin»
Ispaniya bosh murabbiyi Gruziyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
ФОТО: Getty images
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Gruziya ustidan qozonilgan g‘alabaga (2:0) munosabat bildirdi.
“Har doim ham 5:0 yoki 6:0 hisobida yirik g‘alaba qozonish aslida juda qiyin. Gruziya tartibli, katta jonbozlik bilan himoyalandi va ajoyib darvozabonga ega edi.
Bunday hisobda g‘alaba qozonish uchun, bu yerda gap faqat raqibda emas, o‘zingiz ham haqiqatan ham eng yuqori darajada o‘yin ko‘rsatishingiz kerak”, - deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist