De la Fuente: «Bunday o'yinlarda yaqqol favorit bo'lmaydi»
Ispaniya bosh murabbiyi Belgiya qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
ФОТО: Getty images
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Belgiya qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan fikr bildirdi.
«Bizni favorit deb hisoblashlaridan qo‘rqmaymiz ham, xavotir ham olmaymiz. Ammo bunday o‘yinlarda favorit bo‘lmaydi. Agar bizni shunday baholashsa ham, bu haqida o‘ylab o‘tirmaymiz.
Chorak finalga chiqish oson emas. Bu bosqichda hech kim raqibiga yon bermaydi. Barchasiga faqat qattiq mehnat, to‘g‘ri yondashuv, futbolchilarning sog‘lom holatini saqlash va 26 nafar futbolchi orasidan eng to‘g‘ri tanlov qilish orqali erishiladi. Biz kelajak haqida o‘ylayapmiz, ammo aslida bajargan ishimizga eng haqqoniy baho beruvchi narsa — natijalardir», — dedi de la Fuente.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist