De Bryuyne «Napoli»dan ketishi mumkin
«Napoli» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Italiya klubidagi faoliyatini yakunlashi ehtimoli bor. Belgiyalik futbolchining shartnomani uzaytirish bo‘yicha klub bilan muzokaralari hozircha ijobiy natija bermayapti.
Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti. De Bryuynening amaldagi bitimi kelasi yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Ayni paytda futbolchining mavsum yakunida erkin agent sifatida jamoani tark etishi ehtimoli yuqori.
35 yoshli futbolchi «Napoli»ga 2025 yilda «Manchester Siti»dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi. Ungacha de Bryuyne manchesterliklar safida o‘n yil davomida to‘p surgan.
Joriy mavsumda esa belgiyalik yarim himoyachi «Napoli» tarkibida oltita uchrashuvda ishtirok etib, bir gol va bir golli uzatmaga mualliflik qildi. Italiya jamoasini Massimiliano Allegri boshqarmoqda.