locale OZ

De Bryuyne jarohati sabab fevral oyigacha maydonga qayta olmaydi

Belgiyalik futbolchi «Inter»ga qarshi oʻyinda jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Bryuyne jarohati sabab fevral oyigacha maydonga qayta olmaydi
FOTO: Getty Images

«Napoli» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne ogʻir jarohat sabab kamida fevral oyigacha maydonga qayta olmaydi. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashri xabar bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, belgiyalik futbolchi A Seriyaning 8-turidan oʻrin olgan «Inter»ga qarshi bahsda son mushaklarini shikastlab olgandi.

Keyinchalik klub xabariga koʻra, De Bryuyne Antverpen shahrida muvaffaqiyatli operatsiya qilingan. Unga oʻng sonidagi ikki boshli mushak yorilishi tashxisi qoʻyilgan.

Endilikda 33 yoshli yarimhimoyachi toʻliq tiklanish uchun reabilitatsiya bosqichini boshlaydi.

Maʼlumot uchun, De Bryuyne joriy mavsum barcha turnirlarda 11 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting