De Bryuyne «Inter Mayami»ga o‘tishi mumkin
«Inter Mayami» «Napoli» yarim himoyachisi Kevin De Bryuyneni o‘z safiga qo‘shib olishga bo‘lgan qiziqishini qayta tikladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Amerika klubi belgiyalik futbolchini Lionel Messi, Luis Suares va Rodrigo De Paul bilan bir jamoada jamlashni istamoqda.
2025-yilning yozida "Inter Mayami" va "San-Diego" klublari De Bryuynega qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Yarim himoyachi har ikki klub bilan muzokaralar olib bordi, biroq yakunda faoliyatini Yevropada davom ettirishga qaror qildi.
Endilikda 35 yoshli futbolchining MLSga o‘tish ehtimoli yana kun tartibiga chiqdi. "Inter Mayami"dan tashqari, "Chikago Fayer" va "San-Diego" klublari ham De Bryuyne atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.