locale OZ

De Bruyne: «Terma jamoadagi faoliyatimni yakunlash niyatim yoʻq»

Belgiyalik yarimhimoyachi milliy jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Bruyne: «Terma jamoadagi faoliyatimni yakunlash niyatim yoʻq»
FOTO: Getty Images

«Napoli» hujumkor yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne o‘zining jismoniy holati va Belgiya terma jamoasidagi ishtiroki haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Sekin-asta sport formamni tiklab boryapman, maydonda kutilganidan ko‘proq vaqt o‘tkazishga ham ulgurdim. Taxminan to‘rt haftadan beri jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazyapman va o‘zimni yaxshi his qilyapman. Ushbu yig‘in doirasida ikkita to‘liq 90 daqiqalik o‘yinda qatnasha olaman deb o‘ylamayman, lekin bunga hozircha ehtiyoj ham yo‘q.

Jahon chempionatidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatimni yakunlash niyatim yo‘q: modomiki o‘zimni yaxshi his qilar ekanman — o‘ynashda davom etaman», — dedi De Bryuyne.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya terma jamoasi Jahon chempionatida Misr, Eron va Yangi Zelandiya bilan bir guruhdan joy olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting