locale OZ

De Bruyne qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi

34 yoshli belgiyalik yulduz oktyabr oyida jiddiy jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Bruyne qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Napoli» jamoasining hujumkor yarimhimoyachisi Kevin De Bruyne jarohatidan soʻng safga qaytishga yaqin turibdi. Bu haqda nufuzli Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, 34 yoshli belgiyalik yulduz 22 fevral, yakshanba kuni Neapolga yetib keladi. Dushanba kunidan boshlab esa futbolchi klub qarorgohida reabilitatsiya jarayonining yakuniy bosqichiga kirishishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, De Bruyne oʻtgan yilning 25 oktyabr kuni «Inter»ga qarshi kechgan bahsda penalti tepish chogʻida jiddiy jarohat olgan edi. 29 oktyabr kuni esa Antverpen (Belgiya) shahrida jarrohlik amaliyotini oʻtadi.

Maʼlumot uchun, joriy mavsumda tajribali xavbek neapolliklar safida barcha turnirlarda jami 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, oʻz hisobiga 4 ta gol va 2 ta samarali uzatma yozdirib qoʻygan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting