De Bruyne payshanba kuni “Napoli”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
Photo: Getty Images
Kevin De Bruyne payshanba kuni "Napoli"ga o‘tishi mumkin.
U "Manchester City"dagi o‘n yillik faoliyatidan so‘ng "Napoli" klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilmoqda.
33 yoshli belgiyalik yarim himoyachi yiliga 5 million yevro maosh oladigan 2+1 shartnoma imzolayotgani xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, Kevin ertaga Rimga keladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng shartnoma imzolanadi.
Ma'lumot uchun, 2024/25 yilgi mavsumda belgiyalik futbolchi APLning 28 uchrashuvida 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist