De Bruyne \"Chikago\"ga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bruyne yozda "Chikago Fayr" jamoasiga borib qo'shilishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Illinoys shtati vakillari belgiyalik futbolchi bilan bog'langan. Tomonlar dastlabki muzokaralarni o'tkazganligi aytilmoqda.
Shuningdek, unga "Inter Mayami" jamoasi ham qiziqish bildirmoqda degan xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, De Bruyne mavsum yakunida "Manchester Siti"ni erkin agent maqomida tark etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist