Davronov: «Muxlislarga rahmat»
“kattaqo'rg'on” jamoasi navbatdagi tur uchun mashg’ulotlarga kirishdi.
photo: Kattaqo'rg'on FK
“kattaqo'rg'on” jamoasi navbatdagi tur uchun mashg’ulotlarga kirishdi. “Paxtakor FJ” bilan o’yinda gol urgan Sayyodbek Davronov o’sha bahs haqida fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
“Har bir raqib bizga qarshi 2 hissa kuch bilan o’ynayapti. Shu tufayli hech qaysi bahs oson bo’lmasligi aniq. Intizom tufayli 3 ochkoni qo’lga kiritdik.
Jarohatdan keyin sport formamni tiklashim uchun yaqindan yordam bergan murabbiylar va klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Keyingi o’yinlarda ham qo’limdan kelguncha ular uchun harakat qilaman.
Oldimizga chempionlik vazifasi qo’yilgan. Bu yo’lda bizga bevosita yo’ldosh bo’layotgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman”, — deydi 25 yoshli hujumchi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor