David Silva «Siti» – «Real» bahsi uchun fikr bildirdi
Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi David Silva Chempionlar ligasi 1/8 finalidagi «Real» — «Manchester Siti» qarama-qarshiligi haqida fikr bildirdi. Ilk uchrashuvda madridliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.
«Real» Chempionlar ligasida butunlay boshqacha o‘ynaydi. Chempionatdagi natijalari avvalgi mavsumlarga nisbatan unchalik yaxshi bo‘lmasa ham, bu turnirda jamoa doim kuchli ko‘rinadi. Ko‘pchilik «Siti» safarda yaxshiroq natija ko‘rsatishini kutgandi, ammo oldinda yana javob o‘yini bor. Umid qilaman, ular tez gol urib, o‘yinga qayta oladi.
Agar «Manchester Siti» o‘yinning ilk daqiqalaridan bosim o‘tkazib, gol ursa, ular yana kurashga qaytadi. Buni aksi bo‘lib, ular gol o‘tkazib yuborsa, muammolar paydo bo‘ladi», — dedi Silva AS nashriga bergan intervyusida