locale OZ

David Raya YChL finalidagi magʻlubiyat haqida: «Bu seni ich-ichingdan parchalab tashlaydi»

«Arsenal» darvozaboni «PSJ»dan uchralgan magʻlubiyat haqida fikr bildirdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
David Raya YChL finalidagi magʻlubiyat haqida: «Bu seni ich-ichingdan parchalab tashlaydi»
FOTO: Getty Images

«Arsenal» darvozaboni David Raya Chempionlar Ligasi — 2025/2026 finalida «Pari Sen-Jermen»dan qabul qilingan magʻlubiyatdan keyingi kechinmalari bilan oʻrtoqlashdi. Oʻyinning asosiy va qoʻshimcha vaqtlari 1:1 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa parijliklarning qoʻli baland kelgan edi — 4:3.

«Soʻnggi 20 yil ichida ilk bor Chempionlar Ligasi finaliga chiqib, keyin penaltilar seriyasida yutqazib qoʻysangiz, bu seni ich-ichingdan parchalab tashlaydi. Men u yerdan amalga oshirgan ishimiz tufayli boshimni tik tutgan holda ketdim, lekin ichimdan ezilgan edim. Biz gʻalabaga juda yaqin kelgandik... Finaldan keyingi oʻsha tun juda ogʻir boʻldi, ertasi kuni ertalab ham xuddi shunday. Ammo keyin „Emireyts“ga kelib, muxlislarni Premyer-liga kubogi bilan koʻrganingda, nimaga erishganingni anglab yetasan. Bu senga tabassum hadya etadi», — deya Rayaning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda The Guardian nashri.

Shuningdek, posbon magʻlubiyatdan soʻng «PSJ» safida toʻp suradigan terma jamoadagidoshi Fabian Ruis bilan gaplasha olmaganini va uni faqat ertasi kuni tabriklaganini taʼkidlab oʻtdi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting