David Raya: «Messi — tarixdagi eng buyuk futbolchi»
Londonning «Arsenal» klubi va Ispaniya milliy jamoasi darvozaboni David Raya ESPN bilan intervyuda jahonning eng yaxshi futbolchilarini turli nominatsiyalarda tanladi va tarixdagi eng buyuk o‘yinchi kimligini aytdi.
Eng yaxshi bombardir: Lionel Messi
Eng yaxshi darvozabon: Iker Kasilyas
Eng yaxshi playmaker: Serxio Buskets
Eng xarizmatik futbolchi: Zlatan Ibrohimovich
Eng yaxshi himoyachi: Serxio Ramos
Eng yaxshi dribler: Neymar
Tarixdagi eng buyuk o‘yinchi: Lionel Messi
Maʼlumot uchun, argentinalik hujumchi «Oltin to‘p»ni qoʻlga kiritish bo‘yicha rekordchidir — u France Football mukofotini karyerasi davomida sakkiz marta qo‘lga kiritgan.
Bundan tashqari, Messi toʻrt marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan va Ispaniya hamda Fransiya milliy chempionatida jami 12 marta g‘alaba qozongan.