locale OZ

David Raya Chempionlar ligasi yarim finalida PSJga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
David Raya Chempionlar ligasi yarim finalida PSJga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi
David Raya Chempionlar ligasi yarim finalida PSJga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi

“Arsenal” darvozaboni David Raya UEFA Chempionlar ligasi yarim finalining ilk uchrashuvida “Pari Sen-Jermen”ga qarshi (0:1) kechgan bellashuv haqida fikr bildirdi.

“PSJ tez gol urdi. Birinchi 15 daqiqada to‘liq ustunlik ularning tomonida bo‘ldi. Keyin esa biz tashabbusni qo‘lga oldik, deb o‘ylayman. Bir nechta imkoniyatlarimiz bo‘ldi, lekin Donnarumma jamoasini qutqardi. 25-daqiqadan keyin biz har qanday raqibni yengishimiz mumkinligini ko‘rsatdik. Bu mavsumda ko‘p marta safarda g‘alaba qozonganmiz. Parijga ham aynan g‘alaba uchun yo‘l olamiz”, — dedi Raya UEFA rasmiy saytiga.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 29 aprel kuni Londondagi “Emirates” stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yinga sloveniya hakami Slavko Vinchich xizmat ko‘rsatdi. Javob bahsi 7 may kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting