locale OZ

David Raya «Arsenal»ning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Darvozabon oʻtgan mavsum jami 51 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
David Raya «Arsenal»ning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» klubining 30 yoshli darvozaboni David Raya jamoaning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Bu haqda «kanonirlar» matbuot xizmati klub rasmiy saytida ma’lum qildi.

O‘tgan oyda darvozabon barcha turnirlar doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, bor-yo‘g‘i bitta gol o‘tkazib yubordi. U ushbu yagona golni UEFA Chempionlar Ligasi finalida «PSJ»ga qarshi kechgan bahsda o‘z darvozasidan olib chiqdi (1:1, penaltilar bo‘yicha — 4:3). Yakunlangan mavsum davomida Raya jami 51 ta o‘yinda ishtirok etdi va ularning 28 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bundan tashqari, ispaniyalik posbon faoliyatida uchinchi bor Angliya Premyer-ligasida «Oltin qo‘lqop» sovrini sohibiga aylandi.

Ayni paytda David Raya Ispaniya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionati bahslariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ispanlarning turnirdagi ilk uchrashuvi 15 iyun kuni Kabo-Verde termasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting