locale OZ

David Luis Kipr chempioni bilan shartnoma imzoladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
David Luis Kipr chempioni bilan shartnoma imzoladi
Photo: Getty Images

Braziliyalik himoyachi David Luis faoliyatini Kipr chempionatida davom ettiradi.

Tomonlar 2027 yilgacha shartnoma imzolashdi.

Luis Kiprga ko‘chib o‘tishdan avval Braziliya chempionatining "Fortaleza" jamoasida o‘ynagan va u yerda 7 uchrashuvda maydonga tushgan.

Tajribali futbolchi faoliyati davomida "Chelsi", "Arsenal" va PSJ kabi klublarda ham to‘p surgan.

Shuningdek, Braziliya terma jamoasi safida 50 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, braziliyalik himoyachining yangi klubi — «Pafos» Kiprning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting