locale OZ

David Alaba «Udineze» futbolchisiga aylandi

Alaba yangi jamoasi bilan 2027-yil 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
David Alaba «Udineze» futbolchisiga aylandi
ФОТО: Getty images

Avstriyalik himoyachi David Alaba Italiyaning «Udineze» klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Alaba yangi jamoasi bilan 2027-yil 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

«Faoliyatim davomida ko‘p narsalarga erishdim, ammo bir narsa o‘zgarmadi: men yana g‘alaba qozonishni istayman. Hali ham ambitsiyalarim yuqori va A Seriyada eng yuqori darajada o‘ynashni xohlayman», — dedi futbolchi shartnoma imzolaganidan so‘ng.

Alaba «Udineze»ga Madridning «Real» klubidagi faoliyatidan keyin qo‘shildi. Avstriyalik futbolchi ungacha ko‘p yillar davomida Myunxenning «Bavariya»si sharafini himoya qilgan va Germaniya klubi safida bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

«Udineze» joriy mavsumda Italiya chempionatining 5 ta turidan so‘ng 4 ochko jamg‘argan va turnir jadvalining 13-o‘rnida bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting