locale OZ

David Alaba “Udineze” bilan kelishuvga erishdi

34 yoshli avstriyalik futbolchi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
David Alaba “Udineze” bilan kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

“Real Madrid”ning sobiq himoyachisi David Alaba faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishga yaqin. 34 yoshli avstriyalik futbolchi “Udineze” bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar transferning asosiy shartlarini kelishib bo‘lgan. Endilikda rasmiy hujjatlarni tayyorlash va qolgan formal jarayonlarni yakunlash kerak. Shundan so‘ng Alabaning “Udineze” futbolchisi sifatida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Alaba 2021-yildan 2026-yilgacha “Real Madrid” sharafini himoya qildi. Madrid klubi bilan shartnomasi yakunlangach, u erkin agent maqomini olgan. Avstriyalik himoyachi “Real” safida barcha musobaqalarda 132 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Alaba faoliyati davomida “Bavariya” va “Real Madrid” bilan jami to‘rt marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. U, shuningdek, Germaniya chempionligini 10 marta, Ispaniya chempionligini esa ikki marta qo‘lga kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting