Dastin Porye faoliyatidagi eng kuchli raqibini aytdi. Bu — Islom Maxachev emas
UFC'ning sobiq vaqtinchalik yengil vazn chempioni Dastin Porye faoliyati davomida o‘ziga eng katta qiyinchilik tug‘dirgan raqib kim bo‘lganini aytdi.
Amerikalik jangchi kutilmagan javob berib, bu borada Islom Maxachevni emas, balki Jastin Getjini tilga oldi. Porega ko‘ra, aynan Getjining kuchli zarbalari va bosim ostida olib boradigan jang uslubi unga qarshi kurashgan barcha raqiblar orasida eng xavflisi bo‘lgan.
Porye va Getji UFC'da ikki marta to‘qnash kelgan. Birinchi jangda Dastin texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi bahsda Getji raqibini kuchli bosh tepishi bilan nokautga uchratgan. Ularning ikkala jangi ham muxlislar tomonidan eng tomoshabop qarama-qarshiliklardan biri sifatida e'tirof etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Dastin Porye 2024-yilda UFC chempionlik jangi doirasida Islom Maxachevga qarshi oktagonga chiqqan va beshinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub bo‘lgan. Shunga qaramay, u faoliyatidagi eng og‘ir raqib sifatida aynan Jastin Getjini tanladi.