locale OZ

Darvin Nunyes Yevropaga qaytish arafasida

Urugvaylik hujumchiga Turkiyaning "Beşiktaş" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Darvin Nunyes Yevropaga qaytish arafasida
ФОТО: Getty images

"Al-Hilol" hujumchisi Darvin Nunyes yana Yevropaga qaytishi mumkin.

Jurnalist Sasha Tavolierning X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilishicha, urugvaylik hujumchiga Turkiyaning "Beşiktaş" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 27 yoshli futbolchini 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi.

Ma’lumot uchun, "Al-Hilol" Darvin Nunyesni 2025 yil yozida "Liverpul"dan 53 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Hujumchi Saudiya chempionatining o‘tgan mavsum birinchi qismida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan. Qishki transfer oynasida esa jamoada legionerlar soni ortiqcha bo‘lgani sababli uning nomi qaydnomadan chiqarilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting