locale OZ

Darvin Nunyes MLSga yo‘l olishi mumkin

Uning «Al-Hilol» bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Darvin Nunyes MLSga yo‘l olishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Al-Hilol» va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Darvin Nunyes faoliyatini AQSHning MLS chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Atlanta Yunayted» klubi 26 yoshli forvard transferi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlagan.

Xabar qilinishicha, Nunyes va «Al-Hilol» rahbariyati o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilish ehtimolini ham muhokama qilgan. Biroq hozircha u saudiyalik klub bilan amaldagi shartnoma orqali bog‘langan.

Shu bilan birga, Nunyesning «Al-Hilol»ni tark etishi kutilmoqda. Sababi, o‘tgan mavsumda u Saudiya Pro-ligasi o‘yinlarida deyarli muntazam maydonga tushmadi.

2025/26 yilgi mavsumda Darvin Nunyes «Al-Hilol» safida barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, saudiyalik klub urugvaylik hujumchini o‘tgan yozda «Liverpul»dan 53 million yevro evaziga sotib olgan edi. Transfermarkt portali Nunyesning hozirgi bozor qiymatini 20 million yevro deb baholamoqda. Uning «Al-Hilol» bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting